41 ta hududdagi bogʻchalarda qamrov darajasi 60 foizdan past ekanligi maʼlum qilindi

Saqlash
01:44 / 27.07.2022 1149 0

Bugun Maktabgacha taʼlim vazirligida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda OAV vakillariga 2022-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar hisoboti berildi.

 

Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham quyidagicha maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida 7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan.

 

Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda.

 

Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida
24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//