Jamiyat
25-iyul kuni Rossiyadan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, qarovsiz, nazoratsiz qolib ketgan va yordamga muhtoj boʻlgan bolalar Oʻzbekistonga olib kelindi, deb xabar berdi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 19 nafar bolani Oʻzbekistonga olib kelish uchun Vazirlar Mahkamasining “Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining bolalarini Oʻzbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan.
“Ishchi guruh aʼzolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni toʻplagan. Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va ular vatanga olib kelindi”, – deyiladi xabarda.
Bola huquqlari boʻyicha vakil RF prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari boʻyicha vakil bilan muloqotda boʻlib, ota-ona qaramogʻisiz qolgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan bolalarni, Oʻzbekistonga uyushgan holda olib chiqishga koʻmaklashishini soʻrab murojaat qilgan. Shundan soʻng bolalarning ism-shariflari ilova qilinib, roʻyxatda koʻrsatilgan voyaga yetmaganlar avval Moskva shahridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish markaziga, keyin Oʻzbekistonga olib kelingan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112233
Jamiyat
94909
Jamiyat
91003
Jamiyat
75780
Jamiyat
//
Izoh yo‘q