Jamiyat
Hindistonning yangi saylangan rahbari – mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident Draupadi Murmu bugun, 25-iyul kuni qasamyod qildi va rasman Hindistonning 15-prezidenti boʻldi. Hindiston telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etilgan marosim Nyu-Dehlidagi mamlakat parlamentining markaziy zalida boʻlib oʻtdi.
“Mustaqillikning 75 yilligi munosabati bilan bu lavozimni egallash baxtiga muyassar boʻldim. Ozodlik uchun kurashuvchilarimiz mustaqil Hindiston fuqarolariga bildirgan umidlarni oqlash uchun saʼy-harakatlarimizni yanada kuchaytirishimiz kerak”, deydi Murmu oʻzining qasamyod qilgandan keyingi birinchi nutqida.
Murmu (1958-yil 20-iyunda tugʻilgan) – Jarkxand shtatining sobiq gubernatori. U sharqiy Odisha shtatidagi Santal qabilasi (Munda xalqining eng katta qabilasi)dan kelib chiqqan boʻlib, roʻyxatga olingan qabilalarga (tarixiy ravishda ijtimoiy quyi tabaqalar va past kastalarga tegishli) tegishli. Murmu Hindistonning ikkinchi ayol prezidenti (birinchisi Pratibha Patil, 2007-2012) va birinchi prezident – roʻyxatga olingan qabilalardan boʻlgan. Bundan tashqari, u Hindistonning “erkin mamlakatda”, yaʼni oʻsha davlat 1947-yilda inglizlardan mustaqillikka erishganidan keyin tugʻilgan birinchi prezidenti boʻldi.
“Demokratiyamizning kuchli tomoni shundaki, qashshoq oilaning olis qabila hududida tugʻilgan qizi Hindistondagi eng yuqori konstitutsiyaviy lavozimga yetib borishi mumkin. Asrlar davomida taraqqiyot neʼmatlaridan mahrum boʻlganlar, kambagʻallar, dalitlar (tegib boʻlmaydiganlar – Hindistonning kasta iyerarxiyasida eng past oʻrinni egallagan bir qator kastalarning umumiy nomi – tahr), qabila xalqlari menda oʻz aksini koʻrishi men uchun katta quvonch”, degan Murmu oʻz nutqida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q