Jamiyat
Prezident “Oʻzbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga koʻra, Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etildi.
Jamgʻarma faoliyatini moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Belgilanishicha, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan:
a) 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha minimal isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlanadi.
Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha boʻlgan tanaffuslar mavjud boʻlsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qoʻllaniladi;
b) kelgusida davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich toʻlanadi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A.Inakov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Musayev), Xalq taʼlimi vazirligi (B.Saidov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S.Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z.Maxkamova) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
– 2023-yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
– 2023-yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini tasdiqlaydi.
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etilishi munosabati bilan:
– 2022-yil 1-sentyabrdan Moliya vazirligi huzuridagi Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi tugatilishi hisobiga 3 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining faoliyatini tashkil etish boʻlimi;
– byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro apparati shtat birliklari hisobidan 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy toʻlovlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish shoʻbasi;
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari huzurida, ularning umumiy shtat birliklari doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish va Ijtimoiy sugʻurta nafaqalari toʻlovlarini monitoring qilish boʻlimlari tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q