Jamiyat
Xorazm viloyatining Shovot tumanida yashovchi, hududning eng keksa kishisi boʻlgan Eshyozova Oʻgʻil momo 122 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Shovot tumanidagi “Usta Matsafo” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi rahbari Shuhrat Oʻdaboyev.
Oʻgʻil momo Eshyozova 1900-yil 15-iyulda boy oilada tugʻilgan. Uning otasi Eshniyozbek uyida 7-8 xizmatkorni ishlatgan badavlat dehqonlardan boʻlgan. Onasi ilmli ayollardan boʻlgan va otinoyi sifatida madrasada dars bergan.
Uch asrni koʻrgan Eshyozova Oʻgʻil momo qator tarixiy voqealar guvohi: inqilob, ikkita jahon urushi, sobiq ittifoqning tarqab ketishi. Farzandi 4 yoshga toʻlganida eri vafot etib, beva qolgan. Boshqa turmush qurmagan va yolgʻiz farzandini oʻzi katta qilgan. Momoning hozirda 72 yoshga chiqqan yagona farzandidan 5 nabira, 12 chevara va evara bor. Eshyozova Oʻgʻil momoning opa-singillari ham uzoq umr koʻrishgan – biri 97, ikkinchisi 90 yoshida vafot etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q