Energetika vazirligi: cheklovlar keng koʻlamli muammolarning oldini oladi

Saqlash
03:48 / 26.07.2022 785 0

Oʻzbekiston Energetika vazirligi isteʼmolchilarga murojaat bilan chiqdi, unda joriy haftada haroratning meʼyordan oshib ketishi tufayli elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizib ketishi qayd etilayotgani, bu esa tarmoqda jiddiy nosozliklarga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

 

“Asosan ochiq quyoshda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari bugungi kunda ularning ishlashi uchun moʻljallanmagan haroratgacha qiziydi. Juda yuqori harorat koʻrsatkichlariga qoʻshimcha ravishda, ayniqsa kunduzi, elektr uzatish tarmoqlarining nosozlik holatiga elektr energiyasi isteʼmolining favqulodda oʻsishi taʼsir qiladi”, deyiladi xabarda.

 

Bunday holatda, har qanday vaqtda elektr uzatish tarmoqlarining haddan tashqari qizishi va isteʼmolning oʻsishi tizimda katta hajmdagi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlib, bu esa elektr taʼminotini normallashtirish uchun sezilarli vaqtni (bir kun yoki undan koʻproq) olishi mumkin, deya qayd etiladi Energetika vazirligi xabarida. Energotizimda keng koʻlamli muammolar yuzaga kelishini oldini olish uchun dispetcherlik xizmatlari “elektr uzatish tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish uchun zarur choralar koʻradi”.

 

«Xususan, maʼlum koʻrsatkichlar kritik darajaga yaqin boʻlgan holda, ayrim turar-joy binolari va sanoat obyektlarini elektr taʼminotidan vaqtincha uzib turish kerak boʻladi», — deyiladi vazirlik xabarida. “Koʻrsatkichlar normallashtirilganda, dispetcherlik xizmati ushbu obyektlarni darhol elektr taʼminotiga ulaydi”.

 

Energetika vazirligi isteʼmolchilar “tarmoqdagi keng koʻlamli nosozliklarni oldini oladigan, vaziyatni ancha uzoqroq tuzatishni talab qiladigan bunday choralar zarurligini” tushunishlariga umid bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//