Jamiyat
Aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va joʻmraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi. «Oʻzsuvtaʼminot» AJ axborot xizmati mazkur xabarlarni rad etdi.
Munosabatda jamiyat fuqarolardan bu kabi yolgʻon xabarlarga ishonmasliklarini va joʻmraklardan suv ichmaslik toʻgʻrisidagi chaqiriqlarga quloq solmaslikni soʻragan.
Maʼlum qilinishicha, ichimlik suvi sifati respublikadagi 79 ta laboratoriya tomonidan kunu-tun nazorat qilinib, suv tarmoqlari yoki joʻmraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taʼkidlanishicha, ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun oʻrtacha 17 200 ta namuna olinadi. Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112133
Jamiyat
94817
Jamiyat
90869
Jamiyat
75663
Jamiyat
//
Izoh yo‘q