Ilm-fan
Oʻzbekistonda attestatsiyada qatnashgan 20 mingdan ortiq pedagog “Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” deb topildi. Bu haqida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maʼlum qildi.
2022-yildan boshlab pedagoglar attestatsiyasi bir yilda ikki marta, yaʼni yanvar—iyun va avgust—dekabr oylari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2022-yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etish uchun jami 294 ming 175 nafar pedagoglar murojaat yuborgan.
Shulardan, 78 ming 527 nafari (27 foizi) navbatdagi-majburiy, 214 ming 985 nafari (73 foizi) navbatdan tashqari, oʻzi ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etish uchun, 809 (0,3 foiz) nafari esa imtiyozlari mavjudligi sabab toʻgʻridan-toʻgʻri toifa olish uchun murojaat yuborgan.
Barcha hududlarda oʻtkazilgan sinovlar “Imtihon.tdi.uz” sayti orqali real vaqt rejimida efirga uzatib borilgan.
Yakuniy natijalariga koʻra, attestatsiyada ishtirok etgan jami pedagoglarning 16 ming 190 nafari (6 foiz) oliy malaka toifasi, 53 ming 662 nafari (19 foiz) birinchi malaka toifasi, 104 ming 782 nafari (38 foizi) ikkinchi malaka toifasi olishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa, 22 ming 626 nafar (8 foiz) pedagoglarga mutaxassis malaka toifasi berish toʻgʻrisida, 20 ming 30 nafar (7 foiz) pedagoglarga nisbatan esa “Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas”ligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan.
Shuningdek, 61 489 (22,1 foizi) nafar pedagog oʻz ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, past natija qayd etganliki sababli ularga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmagan, yaʼni amaldagi toifasi pasaytirilmagan. Attestatsiya ishtirok etgan jami pedagoglarning 68 foizi ijobiy natija qayd etgan.
2022-yilning birinchi yarmida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ijobiy natija qayd etgan pedagoglar salmogʻini hududlar kesimida tahlil qilganda Xorazm, Navoiy va Namangan viloyati oʻqituvchilari yuqori natija qayd etgan boʻlsa, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyati vakillari boshqa viloyatlarga nisbatan pastroq natija koʻrsatgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q