Energetika vazirligi uy sharoitida elektr energiyasi va gazni tejash boʻyicha tavsiyalar berdi

Saqlash
03:49 / 20.07.2022 7153 2

Energetika vazirligi uy sharoitida elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazni tejash boʻyicha tavsiyalar berdi. Tavsiyalar vazirlik matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.

 

Quyida mazkur tavsiyalarni sanab oʻtamiz. Elektr energiyasini tejash boʻyicha:

 

  • Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga oʻrtacha 10 vatt va oyiga oʻrtacha 7,3 kiloVatt/soat elektr energiyasini sarflaydi. Ularni tarmoqdan toʻliq uzib qoʻyish lozim.
  • Odatda, ochiq rangli devorlar yoki ochiq rangli oboylar boʻlgan xonalar toʻq rangli xonalarga qaraganda kamroq yoritishni talab qiladi. Buni keyingi taʼmirlash vaqtida hisobga olish mumkin. Bundan tashqari, oq rangli pardalardan foydalanish yaxshiroqdir.
  • Sovutgichni gaz plitasi yoki isitish radiatori yoniga oʻrnatmang. Bu muzlatgichning elektr energiyasi isteʼmolini 20-30 foizga oshiradi.
  • Kam quvvat isteʼmolli va yuqori energiya samaradorligi boʻlgan “A”, «A +”, «A ++” yoki «A +++” maishiy texnika va elektron jihozlarni sotib oling.
  • Kundalik hayotda isteʼmol qilinadigan barcha energiyaning asosiy ulushi — 79 foizi xonalarni isitishga toʻgʻri keladi, energiyaning 15 foizi issiqlik jarayonlariga (suv isitish, pishirish va boshqalar), 5 foizi maishiy elektr texnikalarga va energiyaning 1 foizi yorugʻlik, radio va televizor uskunalariga sarflanadi.
  • Kir yuvish mashinasidan foydalanganda pastroq haroratda kir yuvishga harakat qiling. +90 C yuvish haroratida energiya sarfi +60 C yuvish haroratiga qaraganda 30-40 foiz yuqori boʻladi. Baʼzan kir yuvish uchun +30/40 daraja harorat ham yetarli boʻladi.
  • Sovutgichdan foydalanganda, eshigi ochiq boʻlgan har bir daqiqa uchun uning energiya sarfi uch baravarga ortishini unutmang.
  • Agar maishiy texnikadan toʻgʻri foydalangan holda, energiya tejaydigan lampalardan foydalansangiz, jihozlarni kutish rejimida qoldirmasangiz — bu energiya harajatlarining kamayishiga xizmat qiladi va oila byudjetini tejash imkonini beradi.

 

Tabiiy gazni tejash boʻyicha tavsiyalar:

 

  • Bilasizmi, idishlarning deformatsiyalangan pastki qismi gaz sarfini 50 foizgacha ortiqcha ishlatilishiga olib keladi.
  • Ifloslangan idishlar ovqat pishirish uchun 4-6 barobar koʻproq gaz sarfini talab qiladi. Ovqat pishiriladigan idishlar toza va kuymagan boʻlishi kerak.
  • Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni meʼyordan 50 foiz yoki undan koʻproq sarflaysiz.
  • Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini oʻrnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos boʻlmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan koʻproq tejamkorroq ishlatiladi.
  • Bilasizmi, ovqat pishirish uchun sarflanadigan 1 kub metr gaz 2-3 kiloVatt/soat elektr energiyasiga teng.

 

Issiqlik energiyasini tejashga oid tavsiyalar:

 

  • Bilasizmi, isitish radiatori orqasidagi devorga issiqlikni qaytaruvchi ekranning (yoki alyuminiy folgani) oʻrnatilishi, qishda ichki xona haroratini 1-2 darajaga oshishiga imkon yaratadi.
  • Choʻyan radiatorlarini alyuminiylariga almashtiring. Ushbu radiatorlarning issiqlik oʻtkazuvchanligi 40-50 foizga yuqori. Radiatorlar qulay yechib olishni hisobga olgan holda oʻrnatilgan boʻlsa, ularni muntazam yuvib turish kerak, bu ham issiqlik oʻtkazuvchanligini oshirishga yordam beradi.
  • Balkon yoki lodjiyani oynalash qoʻshimcha deraza oʻrnatilganiga teng. Bu kuz-qish oraliq harorat muhitida tashqaridan 10 daraja yuqori boʻlgan issiqlik tamponini hosil qiladi.
  • Dazmol oʻchirilgan holatidagi qoldiq issiqlik kichkina kiyim-kechaklarni dazmol qilish uchun yetarli boʻladi.

2 Izohlar

Mubinabonu

03:10 / 27.10.2023

Juda zoʻr lekin uzun ma'noga toʻla matn

Dildora

14:10 / 13.10.2023

Menga bu matn juda yozdi😀😃🙂😊☺🥰

Izoh qoldirish

//