Oʻzbekistonlik oʻquvchi biologiyadan bronza medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
19:36 / 18.07.2022 1091 0

10-18-iyul kunlari Armanistonda oʻtkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qoʻlga kiritdi.

 

Belgilangan tartibga koʻra, bronza medali sohiblari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

 

Bronza medali uchun oʻquvchilar 60 million soʻm, uning oʻqituvchilari esa 45 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Avvalroq Norvegiyaning Oslo shahrida oʻtkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qoʻlga kiritgani haqida xabar qilingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//