Ilm-fan
Bugun, 16-iyul kuni Ichki ishlar vazirligining Madaniyat saroyida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan nashr qilingan “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar lug‘atining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar organlari hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirok etdi. Markaz rahbari Minhojiddin Hojimatov so‘zga chiqib, kitob falsafiy qarashlar, chuqur tahliliy yondashuvlar, aniq manbalarga tayangan holda yaratilgani va o‘quvchi tafakkurini yanada oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini bildirdi.
– Haqiqiy ilmga ma’naviyat orqali erishiladi, – dedi o‘z nutqida Minhojiddin Mirzo. – Kitobga bo‘lgan muhabbat – bu, eng avvalo, vatanga, oilaga bo‘lgan muhabbatdir. Bugun olimlarimiz, shoiru yozuvchilarimiz qatorida yosh, izlanuvchan tadqiqotchilarimiz ham xalqimiz, qolaversa, yoshlarimizning ilm-ma’rifatli bo‘lishlarida o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Ularni ilm-ziyo, ma’naviyat targ‘ibotchilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu jumladan, mazkur kitob mualliflari ham shunday sharafli nomga loyiq.
Kitob mualliflaridan biri – falsafa fanlari doktori, professor Qiyomiddin Nazarov mazkur kitob keyingi yillarda mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, yurdoshlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi ekanligini ta’kidlab, u barcha soha xodimlari uchun muhim va tarixiy qo‘llanma ekanligi aytib o‘tdi.
Tadbir yakunida “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar lug‘ati Ichki ishlar vazirligi kutubxonasi uchun topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q