Ilm-fan
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Oʻzbekistonda 4 kunlik ish haftasiga oʻtish imkoniyatlari va uni qoʻllash mumkin boʻlgan sohalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot oʻtkazdi.
Tadqiqotlar ish kunining hozirgi sakkiz soat va undan ortiq meʼyori nafaqat ishlaydigan odamning sogʻligʻi, balki uning mehnat unumdorligiga ham taʼsir qilishini koʻrsatdi.
Samaradorlik yuqori boʻlishiga qaramasdan, aksariyat davlatlar va kompaniyalar 4 kunlik ish haftasiga toʻliq oʻtishni rad etyapti. Buning asosiy sababi katta xarajatlardir.
Oʻzbekistonda 4 kunlik ish haftasining mehnat unumdorligiga taʼsirini tahlil qilish uchun PMTI mutaxassislari respublika boʻyicha mehnat unumdorligi va bir soatlik ish vaqtidagi mehnat unumdorligini hisoblab chiqdi.
Korrelyatsion tahlil natijalariga koʻra, mehnat unumdorligi va ish soatlari oʻrtasida bogʻliqlik mavjudligi aniqlandi – korrelyatsiya koeffitsiyenti - 0,40. Shunday qilib, Oʻzbekiston sharoitida 4 kunlik ish haftasiga oʻtish boʻyicha jahon amaliyotini iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qoʻllash maqsadga muvofiq emas.
Shunga qaramay, PMTI mutaxassislari 4 kunlik ish haftasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan sohalarni aniqlashga harakat qildi. Bu nomoddiy ishlab chiqarish sohalari, yaʼni axborot texnologiyalari yoʻnalishi, banklar, taʼlim, sogʻliqni saqlash, shuningdek, ilm-fan bilan bogʻliq sohalardir.
Tahlil natijalari mehnat faoliyatining bir yilda qancha davom etishi mehnat unumdorligiga taʼsir qiluvchi yagona va asosiy omil emasligi, ammo ularning oʻzaro bogʻliq ekanligi va bunga shubha yoʻqligini koʻrsatdi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q