Iqtisod
Markaziy bank iyun oyi uchun aholining inflyatsion kutilmalarini taqdim qildi.
Iyun oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, kelgusi 12 oy uchun narxlar oʻsishi boʻyicha aholi vakillarining inflyatsion kutilmalari may oyiga nisbatan pasayuvchi dinamikani koʻrsatdi.
Bunda aholining inflyatsion kutilmalari 16,4 foiz atrofida shakllangan boʻlsa, mediana qiymati 14,1 foizni tashkil etdi.
Aholining inflyatsion kutilmalari dinamikasi va mediana koʻrsatkichining iyun oyida oʻtgan oyga nisbatan pasayishiga ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorlashishi sababli yuqoriroq inflyatsiyani kutayotgan aholi ulushi kamayib borishi bilan izohlanadi.
Inflyatsion kutilmalar — turli guruhlar boʻyicha mos javobni belgilagan aholi sonining oʻsha javoblar oʻrtacha qiymatiga koʻpaytmalari yigʻindisini jami aholi soniga nisbati (oʻrtacha koʻrsatkich).
Inflyatsion kutilmalarning mediana qiymati – kelgusidagi inflyatsiya boʻyicha javoblar variatsion qatorini teng ikkiga boʻluvchi qiymat.
Aholi tomonidan kelgusi davrda narxlarga oshiruvchi bosim koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy omillar sifatida import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (56 foiz), narxlarining sunʼiy oshirilishi (41 foiz) hamda ish haqi va nafaqalarning oshirilishi (34 foiz) taʼkidlangan.
Ushbu oyda aholining devalvatsion kutilmalari pasayishda davom etdi (26 foizdan 25 foizgacha).
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q