Iqtisod
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2022-yilning 15-iyulidan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini maʼlum qiladi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yoʻli” hamda mamlakatimiz hududidagi Fargʻona vodiysining qadimiy tarixiga bagʻishlangan. Oʻlchami 152 x 69 mm.
Banknotning oʻng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yoʻli”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami koʻrinishida suv belgilari joylashgan.
Banknotning oʻng tarafida qogʻoz qatlamida kengligi 4 mm.li koʻk rangli, “siljish” effektiga, “UZB” yozuviga ega boʻlgan, mikrooptik va mashinada oʻqiladigan himoya ipi oʻtkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda boʻlib, boshqa ranglar bilan uygʻunlashgan.
Banknotlar himoyalangan qogʻozda chop etilgan boʻlib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.
Banknot old tomoni chap qismida Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan “XUDOYORXON OʻRDASI” meʼmoriy yodgorligi tasvirlangan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q