Iqtisod
Joriy yilning 5-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30 da, HY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan “Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshiriladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
A320NEO samolyoti Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻndi.
Birinchi reys Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi xodimlari va OAV vakillari tomonidan kutib olindi
Maʼlumot uchun: “Flynas” (ilgari Nas Air) 2007-yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan.
Ushbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17 ta mahalliy va 53 ta xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyot parkiga ega.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q