Iqtisod
“Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi
Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.
Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash taʼlim klasterining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Taʼlim klasteri doirasida:
maktab oʻquvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yoʻnaltirish maqsadida:
➖aniq va tabiiy fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv rejasi joriy qilinadi;
➖ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;
professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yoʻnalishida:
➖fan va mavzular amaliyotga yoʻnaltiriladi;
➖talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmalari shakllantiriladi;
➖xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi:
professional va oliy taʼlim tashkilotlarida neft va gaz sohasi boʻyicha tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “Oʻzbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik oʻzi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitish tartibi joriy etiladi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q