Oʻzbekistonda oʻtgan olti oyda budjetga tushgan soliq tushumlari miqdori maʼlum boʻldi

Saqlash
03:47 / 08.07.2022 979 0

Davlat soliq qoʻmitasi soliq xizmati organlari tomonidan byudjetga tushirilgan tushumlarni eʼlon qildi.

 

Keltirilishicha, 2022-yilning birinchi yarmida byudjetga soliq tushumlari 71 trillion soʻmni tashkil etib, 2021-yilning shu davriga (61,4 trillion soʻm) nisbatan 15,7 foizga oʻsgan.

 

Soliq toʻlovchilarga soliq yukining pasaytirilishi hisobiga soliq bazasining kengayishi hamda soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi, shuningdek tadbirkorlik subektlari iqtisodiy faolligining ortishi soliq organlari nazoratidagi tushumlar oʻsishini taʼminlagan.

 

Oʻsish surʼati eng yuqori boʻlgan hududlar quyidagilan boʻlgan:

 

1. Toshkent shahri — 43,5 foiz (9,9 trillion soʻm);
2. Fargʻona viloyati — 39,1 foiz (2 trillion soʻm);
3. Samarqand viloyati — 36,1 foiz (1,9 trillion soʻm);
4. Buxoro viloyati — 35,7 foiz (1,5 trillion soʻm);
5. Surxondaryo viloyati — 34,1 foiz (1,2 trillion soʻm).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//