Iqtisod
Oʻzbekistonda 1—26-iyun kunlarida bozorlarda qishloq xoʻjaligi va goʻsht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida maʼlumot berildi.
Ushbu davr mobaynida bozorda:
Kartoshka (import) va lavlagi narxlari 750 soʻmga, bodring, karam hamda guruch (alanga) narxlari esa 500 soʻmga tushgan.
Shu bilan birga, apelsin 4 ming soʻmga, mandarin 2,5 ming soʻmga va sarimsoq piyoz 1,5 ming soʻmga oshgan.
Iyun oyida umumiy qiymati 98,4 mln dollarlik (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 mln dollar kam) jami 180,4 ming tonna (12,2 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Bu davrda:
Bundan tashqari 4,1 ming tonna mosh, 3,1 ming tonna qovun, 2,9 ming tonna oʻrik, 2,3 ming tonna lavlagi va 1,4 ming tonna koʻkat eksport qilingan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 29,6 mln dollar (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,9 mln dollar koʻp) qiymatidagi jami 28,4 ming tonna (0,9 ming tonna kam) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari import qilingan.
Bular orasida 20,4 ming tonna kartoshka, 3,1 ming tonna banan, 569 tonna apelsin, 483 tonna olma, 142 tonna kivi va 115 tonna mandarin bor.
“Qoʻyliq” bozoriga 1–26-iyun kunlari hududlardan jami 26,7 ming tonna, xususan, 9,9 ming tonna kartoshka, 10,5 ming tonna piyoz, 949 tonna karam va 5,2 ming tonna sabzi keltirilgan.
Bozorga Pokistondan 2 322 tonna va Afgʻonistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan.
Hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–26-iyun kunlari jami 369,2 tonna, shu jumladan, 323,2 tonna mol goʻshti va 46,0 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q