Bekzod Abdurahmonov bronza medali oʻtish bosqichida ishtirok etadi

Hozirgina -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Ulardan birida hamyurtimizni magʻlub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozogʻistonlik Daniyar Kaysanov toʻqnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qoʻli baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan boʻldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun oʻtish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.

Saqlash
14:53 / 05.08.2021 1270 0

Erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etayotgan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov medal uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi, deb xabar berdi MOQ.

Hozirgina -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Ulardan birida hamyurtimizni magʻlub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozogʻistonlik Daniyar Kaysanov toʻqnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qoʻli baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan boʻldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun oʻtish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.

Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov oʻtish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni magʻlub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, ertaga boʻlib oʻtadigan -97 kg vazn toifasining qurʼa natijalari maʼlum. Unga koʻra, hamyurtimiz Magomed Ibragimov dastlabki davrani turkiyalik Sulaymon Karadenizga qarshi oʻtkazadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//