Ilm-fan
Filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqul 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. 1966–1970-yillari Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olgan.
1970–1972-yillari “Shofirkon haqiqati” gazetasida boʻlim boshligʻi va muharrir vazifalarida ishlagan. 1972-yildan shu kunga qadar OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida faoliyat yuritib kelgan.
Ibrohim Haqqul 1976-yili “Oʻzbek adabiyotida ruboiy” mavzusida nomzodlik, 1995-yili “Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
“Oʻzbek adabiyotida ruboiy” (1981), “Uvaysiy sheʼriyati” (1982), “Badiiy soʻz shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1989), “Sheʼriyat – ruhiy munosabat” (1989), “Abadiyat farzandlari” (1990), “Tasavvuf va sheʼriyat” (1991), “Kamol et kasbkim...” (1991), “Gʻazal sogʻinchi” (1991) kabi 20dan ortiq kitoblari nashr etilgan. Keyingi yillarda “Ahmad Yassaviy”, “Kim nimaga tayanadi?”, “Eʼtiqod va ijod”, “Tasavvuf saboqlari”, “Taqdir va tafakkur”, “Meros va mohiyat” “Navoiyga qaytish” (ikki jildli) singari risola va kitoblari chiqqan.
Abdulhamid Choʻlponning “Bahorni sogʻindim” (1988), Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” (1991) majmuasini, shogirdi Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda “Boqirgʻon kitobi” (1991), “Meʼrojnoma” (1995) kabi uzoq muddat nashr etilmay kelgan asarlarni oʻquvchilarga yetkazgan.
Maqola va kitoblari turk, uygʻur, ozarboyjon, tojik va rus tillariga tarjima qilingan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q