Siyosat
Oʻzbekistonda davlat korxonalari boshqaruv xodimlari soni 10 foizgacha qisqartiriladi. Bu prezidentning 18-noyabrdagi “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishida koʻzda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tuzilmoqda. Unga ikki oy muddatda davlat korxonalari boshqaruv xodimlari sonini 10 foizgacha qisqartirish yuzasidan Prezident administratsiyasiga taklif kiritish topshirildi.
Respublika komissiyasi davlat korxonalarining keng isteʻmol tovarlari boʻyicha umumiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda xaridlarni tashkil etish ishlarini taʻminlaydi. Zarur hollarda, birgalikda xaridlarni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertlar, ekspert tashkilotlari yoki maxsus xarid tashkilotchilarini (professional agentlar yoki xarid komissiyalari) jalb etadi.
Hujjatga koʻra, davlat korxonalari prezident qarorlari va topshiriqlaridan tashqari boshqa hollarda homiylik yordamlarini koʻrsatishni toʻxtatadi.
Shuningdek, Hisob palatasiga ikki oy muddatda UzAssets AJ bilan uning boshqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalari tomonidan 2026-yil uchun ishlab chiqilgan biznes-rejalarni tanqidiy koʻrib chiqib, ularni takomillashtirish yuzasidan kuzatuv kengashlariga takliflar berish yuklatildi.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q