Iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda:
- ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta hosildorligi va hajmini kamida 30 foizga oshirish;
- paxtani chuqur qayta ishlab, sohaning eksportini kamida 2 baravarga koʻpaytirish muhokama qilinmoqda.
«Bu – iqtisodiyotimiz uchun juda katta imkoniyat va zaxiradir. Toʻqimachilik bizga kam xarajat bilan oltindan ham koʻp daromad keltiradigan soha hisoblanadi.
Shuning uchun biz sohada toʻliq klaster tizimini joriy etdik. Bugungi kunda paxta tolasini oʻzimizda 100 foiz qayta ishlash yoʻlga qoʻyildi (besh yil avval 40 foiz tola qayta ishlangan).
Sohani qoʻllab-quvvatlash uchun soʻnggi uch yilda toʻqimachilik klasterlariga 23 trln soʻmdan ziyod imtiyozli mablagʻlar ajratildi. Bundan tashqari, klasterlarning oʻzlari ham qariyb 7 trln soʻm xususiy investitsiyalar yoʻnaltirdilar. Natijada 350 ga yaqin yirik fabrikalar ishga tushirildi.
Ishlab chiqarish hajmi 5 barobarga oshdi, eksport esa 4 barobarga oʻsib, qariyb 3 mlrd dollarga yetdi», dedi Prezident.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q