Shakar, un, yog' narxi mash-mashasi ortidan 52 shaxsga chora koʻrildi

Saqlash
01:36 / 29.06.2022 1161 0

13 ming tonna shakar arzonlashtirilgan maxsus rastalar orqali 10-12 ming soʻmdan sotilmoqda. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati rahbari Nurbek Halimov maʼlumot berdi.



Muqaddam shakar birja savdolariga 1-2 ming tonna atrofida savdoga chiqarilgan boʻlsa, hozirgi kunda uning hajmi 3 ming tonnagacha oshirildi.



Shu kabi, un va paxta yogʻini savdoga chiqarish hajmlari koʻpaytirilib, narxlarni sunʼiy oshirgan holda bitimlar tuzish holatlari boʻyicha iqtisodiy jarimalar miqdori oshirildi.



Xususan, birjada narxlarni manipulyatsiya qilish yoki belgilangan tartibni buzgan holda savdoni amalga oshirish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha 52 shaxsga nisbatan choralar koʻrildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//