“Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovining tuman-shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Saqlash
14:06 / 21.06.2022 1099 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan barcha tuman-shaharlarda tashkil qilingan mahalla yoshlar yetakchilari bugun chin ma’noda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bandligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Bugungi kunda o‘zining samarali faoliyati va namunali harakatlari bilan ibrat bo‘la olgan yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish maqsadida Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Fidoyi yoshlar yetakchisi” tanlovi ham o‘ziga xos yangilik bo‘ldi.

 

Ma’lumki, joriy oy davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Fidoyi yoshlar yetakchisi” respublika ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichi davom etmoqda.

 

 

Kuni kecha Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tanlovda yoshlar yetakchilari o‘zaro to‘rtta shart asosida siyosiy, ma’naviy bilimlari, ijtimoiy loyihalari bilan kuch sinashdi. “Qorasuv” mahallasi yoshlar yetakchisi D.Boltaboyeva 1-o‘rinni, “Xo‘jasho‘rkent” 2-o‘rinni, “Zarbdor” mahallalaridagi yoshlar yetakchilari 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

 

Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani”da bo‘lib o‘tgan tanlovda esa jami 19 nafar ishtirokchi bellashdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, 3-o‘rin “Elobod”, 2-o‘rin “Nurobod”, 1-o‘ringa “Porloq” MFY yetakchisi loyiq topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

 

Tanlovning birinchi bosqichi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ham qizg‘in tarzda o‘tkazildi.  Tanlov yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni “Qozi-Ahror” mahallasi yoshlar yetakchisi Rahimov Sherzod, 2-o‘rinni “Markaz” mahallasi yoshlar yetakchisi Sayfiddinov Muhammadziyo, 1-o‘rinni “Nosgar” mahallasi yoshlar yetakchisi Abduhamidov Uyg‘unjon egalladi.

 

 

Ko‘rik  tanlovning Toshloq tuman bosqichida ishtirokchilar berilgan shartlar asosida kuch sinashdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra, “Qumqishloq” MFY yoshlar yetakchisi Akramov Yusufjon 1-o‘rinni, “Xonariq” MFY yoshlar yetakchisi Turdaliyeva Ma’muraxon 2-o‘rinni, “Yakkavut” MFY yoshlar yetakchisi  Mahmudov Zuhriddin hamda “Xamrak” MFY yoshlar yetakchisi Qodirova Marhaboxon 3-o‘rinni egalladilar.

 

Tanlov ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish