Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

✅ Sherzod Abdurasulovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib;

Saqlash
09:08 / 05.08.2021 990 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra:

✅ Sherzod Abdurasulovich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari etib;

✅Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

✅ Alisher Mirkamalovich Nazarmuxamedov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

✅Shaxobiddin Sharafiddinovich Musayev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish