Jamiyat
Joriy yilning may oyida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Pedagogik xizmatlarning telegram kanallarida “Bitiruvchilarning rejalari aniq(mi)?” nomli so‘rovnoma tashkil qilingan edi.
2021/2022 o‘quv yilini tamomlayotgan 11-sinf bitiruvchilarining 67 foizi allaqachon kasb(soha)larini tanlab qo‘yishganligini bildirishgan. Eng quyi ko‘rsatkich esa 6 foizni tashkil etib, bunda bitiruvchilar kelgusi rejalarini hozirdan rejalashtirishga hali erta deb hisoblashini hamda shaxsiy hayot, oila qurishni rejalashtirayotganini ta’kidlashgan.
Bitiruvchilarning 44 foizi kirish imtihonlariga repetitorga bormasdan o‘zlari mustaqil tayyorgarlik ko‘rishganligini, 7 foizi esa o‘qish niyati yo‘qligini ma’lum qilishgan.
Xorijda mehnat qilishga ketishni rejalashtirayotgan bitiruvchilarning nima sababdan ketmoqchiligi so‘ralganda, ularning 37 foizi o‘qishga qiziqishi borligi, ammo moddiy imkoniyati yo‘qligi sababli ketmoqchiligini aytishgan. Eng past ko‘rsatkich 9% bo‘lib, bunda bitiruvchilar o‘qishga qiziqishi yo‘qligi sababli ketmoqchiligini bildirib o‘tishgan. Respondentlarning 33 foizi esa bu savolga aniq javob bera olmasligini ta’kidlashgan.
57% bitiruvchilar o‘z istagiga ko‘ra kasb tanlashayotganligi aniqlandi. Eng quyi ko‘rsatkich esa 6 foizni tashkil etib, bitiruvchilar o‘zlarini to‘g‘ri kelgan kasb(soha)da sinab ko‘rmoqchiligini ma’lum qilishgan.
Respondentlarning asosiy qismi pedagogika va psixologiya sohasida faoliyat yuritish maqsadi borligini aytishgan bo‘lib, ular 20,9 foizni tashkil etadi. Eng quyi ko‘rsatkich ijodiy sohalarda ekanligi qayd etilgan ya’ni 1,4%. Hunarlar ichida eng baland ko‘rsatkich ijtimoiy xizmat sohalari (sartarosh, tikuvchi, kosmetolog va boshqalar)da (3,7%), eng quyi natija esa fermerlik, dehqonchilik, hunarmandchilik va ustachilikda (0,9%) ekanligi keltirib o‘tilgan.
Olib borilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘ldiki, mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb mavjud bo‘lsada, bitiruvchilar bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin kasb haqida tasavvurga ega. Eng achinarlisi, 18 ta fan o‘qituvchilari bilan suhbatlashilganda, ularning o‘z sohasi bo‘yicha bitiruvchilarga beradigan tavsiyasi eng ko‘pi bilan 5-6 ta kasbni tashkil etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q