Jamiyat
Toshkent davlat transport universitetining mutaxassislari poytaxt metrosining samaradorligini oshirish va tig‘iz vaqtlarda yuklamalarning ortishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi. Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanli orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.
Xususan, tarkiblardagi vagonlar sonini oshirish, oliy ta’lim muassasalari va yirik korxonalar ish vaqtini o‘zgartirish, oltita transport-o‘tish bog‘lamalarini tashkil etish metroni Toshkentga olib kiruvchi to‘qqizta transport karidori bilan bog‘lash tavsiya etilmoqda.
Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, takliflarni o‘rganish maqsadida 38 ming respondentning shikoyatlari ko‘rib chiqilgan. Toshkent metropolitenining tashuv qobiliyatini oshirish choralari shu asosdan ishlangan.
“Biz sentabr—oktabr oylariga qadar yo‘lovchilarni tashish sonini 450 mingdan 600 mingga, keyin esa yil oxirigacha 800 mingga yetkazish imkoniyatini tahlil qilib chiqdik. Toshkentga kirib kelishdagi 9 ta yo‘nalishda 167 ming aholini metroga to‘g‘ri yo‘naltirishimiz kerak, o‘zi asli har kuni poytaxtga 800 ming odam kirib keladi”, — deydi u.
Toshkent metropolitenidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy choralar:
Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qurilishini borib ko‘rgandi. Qayd etilishicha, 2020-yilda Toshkent yerusti halqa metrosining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan birinchi bosqichi qurilgan. Bugungi kunda Qo‘yliqdan Sergeli yo‘nalishining 5-bekatiga eltuvchi ikkinchi bosqich barpo etilmoqda. Hozirgi kungacha 200 dan ziyod tayanch ustunlar o‘rnatilib, estakadalar qurilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q