Jahon
Toshkent davlat yuridik universiteti va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti o’rtasida “Talabalar va o‘qituvchilar akademik almashinuvi to‘g‘risida”gi kelishuv imzolandi. Universitet rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, Anqara Yildirim Boyazid universiteti prezidenti Ibrohim Aydinli va ikki oliy ta’lim muassasalarining mas’ul xodimlari bilan muloqot o'tkazdi.
Muloqot davomida ikki universitet rahbarlari o‘z universiteti faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy salohiyat hamda mazkur imzolanayotgan hamkorlik kelishuvining maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Rasmiy xabarlarga ko'ra, kelishuvga muvofiq, bir akademik yil davomida 5 nafar talaba va 2 nafar professor-o‘qituvchi almashinuvi imkoniyati yaratildi. Shuningdek, magistratura va doktorantura bosqichida ham almashinuv dasturlarini joriy etish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Anqara Yildirim Boyazid universiteti TDYUUning Turkiyadagi yagona hamkori hisoblanadi. Mazkur universitet delegatsiyasi Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yilligi munosabati o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq "Business Turk" jurnalining yangi soni O’zbekistonga bag’ishlangani, Istanbul Yevropaning eng yaxshi shahri deb tanlangani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q