Madaniyat
Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Farg‘ona shahar olimpiya zahiralari kollejida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda taniqli san’atkorlar hamda ijodkorlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlar sho‘x o‘yin-kulgulari bilan bayram dasturiga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Oltiariq tumanidagi 3-sonli IDUMda ham “Shodiyona”, “Ustoza”, “Yangi turmush” MFY aholi vakillari ishtirokida fayzli davra suhbati tashkil etildi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Husanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda yangi ma’naviy makonni va xalqimizning tafakkurini shakllantirish bo‘yicha ishlar samarasini yuksak darajada ko‘tarish va bu boradagi faoliyat tizimini takomillashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Rishton tumanidagi “Abdulhay” mahalla guzarida poytaxtdan tashrif buyurgan elimiz ardog‘idagi madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar tantanali kutib olindi. Chinakam san’at shinavandalari bo‘lgan rishtonliklar mehmonlarni yuksak hurmat-ehtirom ila qarshi olib, ular ijrosidagi dilrabo kuy-qo‘shiqlarga xirom ayladilar. Uchrashuvda san’at vakillari aholiga yurtimizda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni hayotiy misollar orqali tushunarli tarzda yetkazib berishga harakat qildilar.
“Madaniyat karvoni” tadbirlarining ikkinchi kunida Beshariq tumanidagi 3-IDUMda mehmonlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mehmonlar uchrashuvga yig‘ilganlar bilan qizg‘in suhbat olib bordilar. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning o‘tli she’rlari yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Xonanda Ahror Usmonov, “Nihol” mukofoti sovrindori, “Navbahor” dastasi xonandasi Shohsanam Xolmirzayeva, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi ansambli xonandasi Shahbozbek Komilov ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Ma’naviyat kunlari davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Kitob karvoni” loyihasida besh mingdan ziyod kitoblar tuhfa qilindi.
“Kinokarvon” loyihasi doirasida esa mahallalarda kino san’atimizning 100 ta eng sara namunasi va so‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan filmlar namoyish etilib, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q