Madaniyat
Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirildi. Mazkur binoda yig‘ilishlar zali, zamonaviy kutubxona, turli to‘garaklar xonasi hamda hunarmandchilik muzeyi tashkil etilgan.
Maskanning ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari N.Rahmatullayeva, tuman hokimi A.Choriyev, sektor rahbarlari, OAV xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Aytish kerakki, Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan bu kabi sharoitlar hududning ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari, xususan, yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, milliy iftixor va daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirishda va ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini doimiy muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti maktabi to‘garak a’zolarining musiqiy chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, 2022-yil davomida viloyatning Denov, Sho‘rchi, Sherobod, Qiziriq tumanlarida ham ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q