Madaniyat
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan shahardagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlari hamda 16-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olindi.
“Bolalarga mehr ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan saxovat tadbirida tashkilotchilar tomonidan berilgan bayram sovg‘alari jajji ko‘ngillarga bir olam quvonch ulashdi.
Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan barkamol, ruhan sog‘lom qilib voyaga yetkazib kelayotganligi uchun muassasa mudirasi Elmira Kurmayeva va xodimlarga alohida minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnoma hamda kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q