Ijodkorlar guruhi ekoshahar quruvchilari bilan uchrashdi 

Saqlash
05:32 / 01.06.2022 881 0

Farg‘ona viloyatida taniqli san’atkorlar, yozuvchi, shoirlar, teatr san’ati yetakchilaridan iborat ijodiy guruh mahallalarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va konsert dasturlarini taqdim etishmoqda.

 

“Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostidagi tadbirlar doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Kitob karvoni” tashkil etildi.

 

 

Unda besh mingdan ortiq badiiy kitoblar ijtimoiy daftarlarda turuvchilar, iqtidorli yoshlar, umuman aholining barcha qatlamiga tarqatilmoqda.

 

Farg‘ona shahrida ayni kunlarda 300 gektar maydonda ekoshahar qad rostlayapti. “Yangi O‘zbekiston” massiviga tamal toshi qo‘yilib, yangi uy-joylar qurilishi qizg‘in pallaga kirgan. Ijodkorlarning bu yerga tashrifi quruvchilarga, obodonlashtirish xodimlariga katta ruh va shijoat baxsh etdi.

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov uchrashuvda o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. San’atkorlarning qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//