Farg‘onada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Saqlash
22:40 / 31.05.2022 781 0

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyatida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.   

 

Farg‘ona tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda poytaxtdan kelgan ziyolilar,  el ardog‘idagi san’atkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan dildan suhbatlashdi. “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi,  yuridik fanlari doktori,  professor Feruza Muhitdinova qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

“Ma’rifat karvoni” davomida nafaqat uchrashuvlar, davra suhbatlari, balki ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari hamda o‘z tadbirkorligini boshlab, atrofdagilarga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar istiqomat qilayotgan  xonadonlarga ham borilmoqda. Farg‘ona tumani “Sanoat” MFYda yashayotgan Muhammadyusuf Zokirov ham bugun davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib,  o‘z tadbirkorligini boshlagan yoshlardan. Uning turmush sharoiti o‘rganilib, 15 sotix yer maydoni malina yetishtirish uchun berilgan edi. U bugungi kunda mo‘l hosil olib, ro‘zg‘orga o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda.

 

 

Bag‘dod tumanidagi mahallalarda poytaxtdan kelgan elimiz ardog‘idagi san’at va ijod ahli karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Zulfiya Mo‘minova, xalqimizning sevimli xonandasi Dilfuza Rahimova xonandonlarda bo‘lib, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi holidan xabar olishdi. Ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

 

 

Farg‘ona shahrida aholi uchun konsert dasturi uyushtirildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Farg‘ona shahar hokimi V. Nazarov tomonidan mo‘tabar onaxonlar qimmatbaho sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//