Madaniyat
Kecha, 30-may kuni O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xotira kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlab Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar, adibning oila a’zolari, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari, she’riyat muxlislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari “Chig‘atoy” qabristonida bo‘lib, shoir qabrini ziyorat etdi.
Shundan so‘ng adabiy press tur qatnashchilari Toshkentning Huvaydo mahallasida bo‘lib, Erkin Vohidov 1966-2016-yillarda yashab, ijod qilgan xonadonni ko‘zdan kechirdilar.
Mehmonlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Erkin Vohidov muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Adiblar xiyobonini sayohat qilib, Alisher Navoiy va Erkin Vohidov haykallari poyiga gul qo‘yishdi.
Kunning ikkinchi qismida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Buyuk yurtga endi daholar kerak” shiori ostida adabiy anjuman tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashev, O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻafurov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, huquqshunos olim Akmal Saidov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli adib Xurshid Do‘stmuhammad, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron so‘zga chiqib, ustoz shoir Erkin Vohidovni iliq so‘zlar bilan xotirladi. Shuningdek, tadbirda ijod maktabining iqtidorli o‘quvchilari o‘z she’rlari va qilgan tarjimalaridan aytib berdilar. Yig‘ilganlarga Erkin Vohidovning yettinchi va sakkizinchi saylanma kitobllari sovg‘a qilindi.
So‘ng “Sehrli shaharcha” bog‘ining yozgi amfiteatrida Erkin Vohidov she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlardan iborat “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q