Madaniyat
Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyatida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri Farg‘ona shahrida joylashgan “Bolalar istirohat bog‘i”da tashkil etildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishtirok etdi. Ijod va san’at ahli farg‘onalik yurtdoshlarimizga ma’naviy ozuqa ulashib, yurtimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohatlar mohiyati haqida so‘zladilar.
Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan ma’naviy suhbatlar, ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar, ijodiy muloqot va ko‘ngilochar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Targ‘ibotchilar guruhi Qo‘qon shahrida ham bo‘lib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar holidan xabar oldilar. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ham ishtirok etdi. Fuqarolar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda davlatimiz rahbari tomonidan inson qadrini ulug‘lash, imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xususida ma’lumot berildi.
Quvasoyda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida xonanda Alisher Ro‘zmetovning qo‘shiqlari barchani raqsga chorladi. Imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovg‘a-salomlar ulashildi.
Marg‘ilon shahridagi Madaniyat markazida poytaxtdan tashrif buyurgan elimiz ardog‘idagi madaniyat, san’at namoyondalari, shoir va yozuvchilar karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi. Uchrashuvda san’at vakillari aholiga Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni hayotiy misollar orqali yetkazib berishga harakat qildilar.
Targ‘ibotchilar guruhi “Markaziy Farg‘ona” MFYda istiqomat qiluvchi 105 yoshni qarshilagan Zuhrabibi Akbarova hamda “Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi Mayramxon Komilova xonadonida bo‘lib, onaxonlar holidan xabar oldilar.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q