“Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostidagi esselar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi (ro‘yxat)

Saqlash
21:40 / 30.05.2022 1343 0

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostidagi respublika esselar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan mazkur tadbirda Markaziy studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Nodir Xolbo‘tayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, hakamlar hay’ati raisi Minhojiddin Hojimatov va tanlovning yakuniy bosqich qatnashchilari ishtirok etdi.

 

 

“Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostidagi esselar tanlovining g‘oliblari:

 

1-o‘rin. Gulyor Gʻapparova, Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti birinchi bosqich talabasi;

 

2-o‘rin. Nigina Shodiyeva, Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti uchinchi bosqich talabasi hamda Maftuna Uraimshikova, Chirchiq davlat pedagogika instituti turizm fakulteti uchinchi bosqich talabasi;

 

3-o‘rin. Muxlisa Jalilova, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat unversiteti filologiya fakulteti ikkinchi bosqich talabasi hamda Shahrizoda Fozilova, Buxoro davlat universiteti huzuridagi Pedagogika instituti tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti birinchi bosqich talabasi.

 

 

Tanlovning respublika bosqichida uchinchi o‘rinni egallagan talaba diplom va 10 million so‘m, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba diplom va 20 million so‘m, birinchi o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lgan talaba diplom va 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tantanali taqdirlash marosimida esselar tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasiga Prezident sovg‘asi sifatida noutbuk topshirildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//