Farg‘onada ma’naviyat kunlari boshlandi

Saqlash
20:30 / 30.05.2022 869 0

Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat sari” shiori ostida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat festivali” doirasida 14 ta hududda 18 ta ijtimoiy loyiha tadbirlari amalga oshiriladi, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat 500 dan ortiq “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari jalb etiladi.  

 

Festival doirasida Farg‘ona viloyatida bugun, 30-may kuni “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi. Bugun tongda Qo‘qon va Marg‘ilon shahri temir yo‘l bekatida poytaxtimizdan kelgan uch yuzdan ziyod madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibochilari tantanali kutib olindi.

 

 

Ma’naviyat kunlarida barcha mahalla fuqarolar yig‘inida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, eng sara kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

 

Uchrashuvlarda yurtimizda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli shaklda yetkazishga e’tibor qaratiladi.

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Kitob karvoni” tashkil etilib, besh mingdan ziyod kitoblar tuhfa qilinadi. “Kinokarvon” loyihasi doirasida mahallalarda kino san’atimizning 100 ta eng sara namunasi va so‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan filmlar namoyish etilib, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//