Siyosat
O‘zbekistonda tubdan yangi konstitutsiya qabul qilish yoki amaldagi konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish haqida emas, Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish reja qilinmoqda. Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov komissiyaning 26 may kuni bo‘lib o‘tgan ilk yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Konstitutsiyaviy islohotlarda 3 ta masala bo‘ladi. Birinchisi, tubdan yangi konstitutsiyani qabul qilish, bu jahon amaliyotida bor. Ikkinchisi – mana shu konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish, bunday yondashuv ham bor. Va uchinchisi – amaldagi konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat.
Bizga palatalar kengashiga mana shu amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirilgan”, – dedi Akmal Saidov.
Yig‘ilishda komissiyaga kelib tushgan ilk takliflar haqida ma’lumot berildi.
Komissiya a’zosi, huquqshunos Mirafzal Miraqulovning so‘zlariga ko‘ra, kelib tushgan takliflar asosan xalqparvar davlat qurish, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xususiy mulk himoyasi kabilarga oid.
Uning aniqlik kiritishicha, ilk takliflar bosh qomusning 13-, 15-, 29-, 37-, 40-, 41-, 53-, 78– va 80-moddalariga taalluqli. Xususan:
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasini takomillashtirish jarayonida fuqarolardan Meningkonstitutsiyam.uz portali, Telegram-bot va koll-markaz orqali takliflar yig‘iladi. Fuqarolar taklif bildirish uchun mahalla idorasiga ham borishi yoki parlament quyi palatasiga pochta yordamida xat yo‘llashi ham mumkinligi aytildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q