Madaniyat
Qashqadaryo viloyat hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlandi.
Videoselektorda viloyat, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, aloqador boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari qatnashdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Murotjon Azimov boshqarib bordi.
Qashqadaryo viloyatida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi vazifalarni amalga oshirishda uchrayotgan muammo va kamchiliklar xususida atroflicha so‘z yuritildi. Jumladan, har bir tuman va shaharda ma’naviyat va ma’rifat maskanlari o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minlash, ta’lim muassasalari, idora va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy sohaga javobgar shaxslar mas’uliyatini kuchaytirish, yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirishga oid hamkorlikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
2021-yili Qarshi shahri (viloyat bo‘limi uchun) hamda Shahrisabz tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani foydalanishga topshirilgan edi. Afsuski, 2021-yili ishga tushirilishi kerak bo‘lgan Kasbi tumanidagi maskanda haliyam ta’mirlash oxiriga yetkazilmagan. Bu yil ochilishi rejalashtirilgan Kitob, Muborak, Nishon, Dehqonobod, Yakkabog‘ va Mirishkor tumanlarida esa ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Qashqadaryo viloyatida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda galdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha tuman, shahar hokimlari, tashkilot rahbarlari ogohlantirildi.
Yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari Furqat Jo‘raqulov ishtirok etdi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q