«Yevroosiyo va turkiy tillar tadqiqoti» jurnalining joriy yildagi ilk soni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlandi

Saqlash
21:36 / 16.09.2021 1255 0

Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreyadagi Yevroosiyo turkshunoslik institutining ushbu nashrida Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy ilmiy-merosi haqidagi ilmiy maqolalari chop etilgan.

Jurnalda e’lon qilingan ushbu mavzudagi materiallarda Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostoni, Sulton Abu Said Mirzo va Xitoy imperatorlarining tavsifi, «Mezon ul-avzon» asarining nazariy tahlili, Alisher Navoiy va Abdulla Morvarid maktublarining adabiy-ma’rifiy ahamiyati va boshqa qator jihatlar keng yoritilgan.

Bundan tashqari nafaqat turkiy tilli xalqlar, balki dunyo adabiyoti merosiga katta hissa qo‘shgan Alisher Navoiy asarlari orasida «Xamsa» asarining nihoyatda muhim o‘rin egallashi, shoirlar sultoni bu buyuk asari bilan turkiy adabiyotda «Xamsa» yaratish an’anasini boshlab, uni eng yuksak cho‘qqiga ko‘targani tilga olingan.

Navoiy «Xamsa»si turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab bergani ko‘rsatib o‘tilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//