Madaniyat
Kecha, 24-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va tizimli yo‘lga qo‘yishda hamkor tashkilotlarning o‘rni” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori Sabriddin Shamsiyev, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, mayor Nazokat Tadjiyeva, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Munira Qahhorova, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Nuriddin Shodiyev o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Mazkur seminarda “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va oilaviy ajrimlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilib, manzilli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q