Uchta yangi sahna asari taqdim etildi

Saqlash
02:04 / 25.05.2022 1205 0

Ayni kunlarda mamlakatimiz teatr jamoalari yangi sahna asarlarini Badiiy kengash eʼtiboriga havola etmoqda. Shunday taqdimotlar Fargʻona, Margʻilon va Namangan shaharlarida oʻtkazildi.

 

Xususan, Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida “Reportaj” spektakli namoyish qilindi. Ushbu sahna asari dramaturg Joʻra Mahmudov qalamiga mansub boʻlib, rejissyor Obid Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan. Sahnalashtiruvchi rassomlar Sherali Daminov, Furqat Qoʻchqorov, bastakor Qosimjon Samiyev.

 

Margʻilon shahar musiqali maqom teatrida dramaturg Nurillo Abbosxon asari asosida rejissyor Muhammadsoli Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan “Sehrli chimildiq” musiqali komediyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Namangan viloyati musiqali drama teatrida esa “Ibrat” spektakli mutaxassislar eʼtiboriga havola qilindi. Dramaturg Nurillo Abbosxon tomonidan yozilgan mazkur asarni rejissyor Shuxrat Abdullayev sahnalashtirgan, sahnalashtiruvchi rassom Ixtiyor Gʻoipov, Saida Abdulboqiyeva.

 

Taqdimotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Mahmutbay Aytniyazov va teatrshunoslar Shorustam Obidov, Oybek Veysal oʻgʻli hamda teatr badiiy kengashi aʼzolari qatnashdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//