Oʻzbekistonda maymun chechagi aniqlandimi? Otabekov javob berdi

Saqlash
01:09 / 25.05.2022 691 0

Oʻzbekistonda hozirga qadar maymun chechagi qayd etilgani yoʻq. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekovga tayanib xabar berdi.


Otabekovning soʻzlariga koʻra, ayni paytda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib, bu infeksiyaning mamlakatga kirib kelmasligi uchun zarur choralar koʻrilyapti.


«Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, kasallik hozirgacha 14 ta davlatda qayd etilgan. Xususan, infeksiyani yuqtirganlar soni 90 nafarga yaqinlashgani aytilyapti. Qolaversa, qariyb 30 kishi kasallikka chalinganlikda gumonlanmoqda. Qolaversa, shu kungacha oʻlim holatlari roʻyxatga olinmadi.


Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, maymun chechagi deyarli barcha holatlarda hayvonlardan odamga yuqadi. Asosan endemik hududlarga safar qilgan va jonivorlar bilan muloqotda boʻlgan kishilarda tasdiqlanishi mumkin», deydi Nurmat Otabekov.


Mutaxassislar fikricha, aynan maymun chechagiga qarshi emlash preparatlari mavjud boʻlmasada, bir qator mamlakatlar oddiy chechakka qarshi vaksinalar orqali buning oldini olishga harakat qilmoqda.


Chunki ikki virus bir-biriga oʻxshash va shu tufayli bunday vaksinalar maymun chechagining oldini olishda taxminan 85 foizga samara berishi kutilyapti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//