Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda 17 yosh qizga nisbatan erkak kishi tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 17-may kuni soat 14:00 atrofida Yunusobod tumanida K.M. (17 yoshli) uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan. K.M. qadamlarini tezlatgan va uyi yo‘lagiga yugurib kirgan, erkak ham uning orqasidan kirgan. Qiz baqirib yuborgan, shundan so‘ng erkak noma’lum tomonga qochib ketgan.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi Yu.B. ushlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q