Siyosat
Shavkat Mirziyoyev to‘lovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli og‘ir tadbirkorlik subyektlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yangi tuzilma sohada yagona davlat siyosatini yuritish, tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bankrotlik omillarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, agentlik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni sog‘lomlashtirish va ularni qayta tiklash choralarini ko‘rishda ishtirok etadi.

Taqdimotda mavjud tizimdagi muammolar ham ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada ishlamayotgani, ko‘plab korxonalar faoliyatini tiklash o‘rniga tugatilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan va faoliyati tugatilgan kichik korxonalar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu holat amaldagi tizim korxonani saqlab qolish va qayta tiklashga emas, ko‘proq uning faoliyatini rasmiy tugatishga qaratilganidan dalolat berayotgani qayd etildi.
Avvalo, to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Moliyaviy ahvoli og‘irlashgan 93 mingta tadbirkorning atigi 10 mingtasi bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik ishi qo‘zg‘atilgan. Sudgacha va sud sanatsiyasi tizimi amalda samarali ishlamayapti, so‘nggi besh yilda atigi 68 ta korxonaga sanatsiya taomili qo‘llanilgan, shundan ham faqatgina 7 tasining faoliyati tiklangan.
Sud boshqaruvchilari faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Qator holatlarda ish yuritish muddatlari buzilgani, asossiz xulosalar berilgani, soxta bankrotlik alomatlarini o‘z vaqtida o‘rganish mexanizmi yetarli emasligi qayd etildi. Sud boshqaruvchilariga haq to‘lash tizimidagi bo‘shliqlar malakali mutaxassislarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgani, ayrim holatlarda esa ishlarni sun’iy cho‘zishga sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan sohada institutsional islohotlarni kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112087
Jamiyat
94773
Jamiyat
90804
Jamiyat
75604
Jamiyat
//
Izoh yo‘q