Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda “U10” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi berilishi ta’kidlandi. Har biriga ilmiy klasterlar tashkil etish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, 2027-yildan boshlab oliygohlar reyting natijalariga qarab moliyalashtiriladi. Xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida har yili 500 nafargacha chet ellik talaba uchun grant ajratish ham ko‘zda tutilgan.
Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Xususan, davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi ustuvor yo‘nalishlarga sarflanadi. Loyihalarni saralash xalqaro ekspertiza, ilmiy-texnik kengashlar va tarmoq korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, har yili respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarida 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga oliy ta’lim olish uchun grant ajratishni nazarda tutuvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturini amalga oshirish belgilanmoqda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112086
Jamiyat
94772
Jamiyat
90802
Jamiyat
75602
Jamiyat
//
Izoh yo‘q