 
                   
                    Madaniyat
Buxoroda yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali boshlandi.
Unda qayd etilishicha, joriy yilda birinchi marotaba tashkil etilayotgan yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali yoshlarni oʻzbek milliy xalq sanʼati, maqomga muhabbatini uygʻotish, oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari, ijro usullarini keng miqyosda targʻib qilish, ular orasidan eng isteʼdodli, mahoratli ijrochilarni aniqlash orqali maqomshunoslarning yangi avlodini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.
.jpg)
Yangi isteʼdodlarni kashf etish, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish, oʻziga xos ijod maktablarini yaratgan maqom sanʼati ustozlari tajribasini ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrda “Buxoro viloyatida yosh ijrochilarning «Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilingan. Qarorga muvofiq, joriy yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buxoroda festival tashkil etish belgilangan.
.jpg)
Konsert dasturida “Mustahzod”, “Mustahzodi navo qashqarchasi”, “Samarqand ushshogʻi”, “Toshkent irogʻi”, “Qadimgi ushshoq”, “Eshvoy” singari maqom asarlari va turkumlaridan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Taqdirlash marosimi joriy yilning 24-may kunida oʻtkaziladi.
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q