Namanganda Xalqaro gullar festivali boshlandi

Saqlash
23:51 / 23.05.2022 1611 0

22 may kuni Namanganda an’anaviy Xalqaro gullar festivali boshlandi. Avvalgilaridan farqli o‘laroq, joriy yilda o‘n besh kun, ya’ni 22 maydan 5 iyungacha 61-Xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi.

 

Xabar qilinishicha, xalqaro darajadagi festivalda aholiga, qolaversa, xorijdan tashrif buyuradigan mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Bayramning asosiy tantanalari bo‘lib o‘tadigan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida shahar, tumanlar hokimliklari va boshqarmalar professional hamda havaskor gulchilar, ya’ni “Gulchilar assosiasiyasi” faollari bilan birgalikda gul kompozisiyalari namoyishi uchun hozirlik ko‘rilgan.


Namangan viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, Xalqaro gullar festivalini tomosha qilish uchun 30 dan oshiq mamlakatdan 1 million 500 mingdan ziyod mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Ayni vaqtda viloyatdagi 25 ta mehmonxona 2 ming 500 dan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Yana 5 ta mehmonxona bayram kunlari ochilishi rejalashtirilgan. Namangan shahri va shaharga tutash tumanlarda joylashgan oilaviy mehmon uylariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

 

 

 

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, festivalga tayyorgarlik doirasida 300 turdagi 16 million dona gul ekilgan. 22 ta xorijiy davlatdan 250 nafar gul ustasi, ikebana san’ati vakillari, landshaft dizaynerlari ishtirok etib, gulchilik san’atini namoyish etadi.

 


Har yili Xalqaro gullar festivalining faol ishtirokchilari munosib rag‘batlantirib kelinmoqda. Bu galgi bayram tantanalari yakunida festivalda korxona-tashkilotlar va gulchilar 12 ta nominasiya bo‘yicha taqdirlanadi. Oliy o‘rinlarga sazovor bo‘lganlarga esa avtomobillar taqdim etiladi.

 

 

 

Ташкилотчиларнинг сўзларига кўра, фестивалга тайёргарлик доирасида 300 турдаги 16 миллион дона гул экилган. - Sputnik Ўзбекистон

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//