“I Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” boʻlib oʻtmoqda

Saqlash
06:12 / 23.05.2022 1068 0

Kuni kecha, 21-may kuni Buxoro shahrida  “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik” va “Milliy kashtadoʻzlik sanʼati” festivali boshlandi.

 

Qayd etilishicha, festival doirasida bir qator tadbirlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 

 

Jumladan, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari koʻrgazma-savdosi, festivalni oʻtkazish va yakunlari boʻyicha matbuot anjumanlari, “Bukhara Fashion days” moda haftaligi, xalq sayllari, qoʻgʻirchoqbozlik va dorbozlar tomoshalari, viloyatlar folklor jamoalari va madaniyat boshqarmalari konsert dasturlari, osh tanlovlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahorat darslari, “Oʻzbekiston zargarlik va zardoʻzlik sanʼati” va “Zardoʻzlik sanʼati” nomli kitoblar taqdimoti, Buxoro shahridagi mavjud mashhur zardoʻz va zargarlar ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi.

 

Xususan, bugun, 22-may kuni Buxoro shahrida “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik, kashtadoʻzlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Konferensiya davomida 30 nafar xorijiy, 60 nafar mahalliy maʼruzachilar zargarlik, zardoʻzlik va kashtadoʻzlik sanʼati tarixi, xalqlar orasida ommalashishi, milliy qadriyat va anʼanalarni vaqt davomida saqlab qolish, iqtisodiyot rivojiga qoʻshgan hissasi, Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan zardoʻzlik, zargarlik va kashtadoʻzlik sanʼati festivali tafsilotlari xususida soʻz bordi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//