Adiblar xiyoboni tashkil etilgan kun munosib nishonlandi

Saqlash
03:59 / 21.05.2022 903 0

Bugun, 20-mayda Adiblar xiyoboni tashkil etilgani munosabati bilan “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida hamda Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Ibroyim Yusupovning 93 yilligiga bagʻishlangan “Jayhun shamollari” nomli maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbir boʻlib oʻtdi.

 

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xodimlari, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya harbiy qismi, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, faylasuf, siyosatshunos olima Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, “Doʻstlik” ordeni sohibi, tarjimon va essenavis Muzaffar Ahmad, Toshkent kimyo texnologiya institutining Yoshlar bilan ishlash maʼnaviayat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ravshan Gʻoziyevlar adib va shoir hayoti va faoliyati haqida, Adiblar xiyoboni tashkil etilganligi, u yerda oʻtkazilayotgan tadbirlar, adib va shoirlarga oʻrnatilgan haykallar haqida qiziqarli maʼlumotlar berishdi.

 

Ushbu sayilda ishtirok etgan talaba-yoshlarning adiblar xotirasiga bagʻishlangan sheʼrlari asosida mushoira oʻtkazildi.

 

 

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Mohira Rahimova boshchiligida 30 ga yaqin talabalar tomonidan rang-tasvir mahorat darslari va  rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//